Mirziyoyev Ursula fon der Lyayenni tabrikladi
Jamiyat
−
19 iyul
3115Prezident Shavkat Mirziyoyev Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenni ushbu lavozimga qayta saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Mirziyoyev o‘z maktubida so‘nggi yillarda O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan keng qamrovli munosabatlarini sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarishda, respublikadagi ortga qaytmas tus olgan demokratik va iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda Yevrokomissiya rahbarining ulkan shaxsiy hissasi borligini alohida ta’kidlagan.
Shuningdek, birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan hamkorlik barcha ustuvor yo‘nalishlarda yanada yuksak bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirildi.
“Yaqin kelajakda Samarqand shahrida birinchi “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” sammiti o‘tkazilishi mintaqaviy aloqalarimizni manfaatli loyihalar va dasturlar bilan boyitish yo‘lida muhim amaliy qadam bo‘lishiga aminman”, deyiladi Prezident maktubida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ursula fon der Lyayen Yevrokomissiya rahbari etib qayta saylangani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, u o‘zining siyosiy dasturida Yevropa Ittifoqini mudofaa ittifoqiga aylantirishga va’da berdi.
LiveBarchasi