Mirziyoyev unutib bo‘lmaydigan alamli voqealarni esladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ma’lumki, mustabid tuzum faqat jadidlarni yo‘q qilish bilan cheklanib qolmagan. O‘tgan asrning 80-yillarida ham minglab vatandoshlar turli bo‘htonlar bilan qamoqqa olingan, xo‘rlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 31 avgust kuni Shahidlar xotirasi xiyobonida “Qatog‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi bilan tanishar ekan, o‘tgan asrning oxirlarida ro‘y bergan hodisalar, mustaqillik uchun kurash va o‘zbek xalqiga nisbatan adolatsizliklarni yodga oldi. 

“Bugun ham yo‘lda o‘ylanib kelyapman. 30-yillarni eski tarix desa, “paxta ishi”-chi?! Yetakchilarimizni qatag‘on qilish uchun soxta ayblovlar o‘ylab chiqarishdi-ku. Boshqa respublikalarda yo‘qmidi kamchilik? Bunday alamli voqealarni hech qachon unutib bo‘lmaydi. Bugungiday bayramlarda, tinch-osoyishta kunlarda shularni ham yuragimizdan o‘tkazib, yoshlarimizga yetkazishimiz kerak”, deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

 Dunyo notinch bo‘lib borayotgani, bunday vaziyatda ogoh va vazmin bo‘lish kerakligi qayd etildi.

“Ko‘rayapsizlar, dunyoda raqobat, tahdidlar kuchayib borayapti. Xavf yonimizda yuribdi. Bunga tayyor bo‘lish uchun hamisha ogoh bo‘lish zarur. Bugungi emin-erkin hayotimizga shukrona aytish bilan birga ertangi kunimizni mustahkam qilishimiz kerak. Qachon mustahkam qilamiz? Bilimli bo‘lsak. Agar bobolarimiz buyukligidan ruhlanib, har bir soha bo‘yicha ta’limni mukammal qilsak, manaman degan davlatdan kam joyimiz yo‘q. Bolalarimizni zo‘r o‘qitsak, natija biz kutgandan ham yaxshi bo‘ladi. Mustaqilligimiz barqaror va abadiy bo‘ladi”, deydi davlat rahbari.

Xiyobondagi ramziy qabr yonida ham Qur’on tilovat etildi. Allohdan o‘tganlarga rahmat, yurtga tinchlik va farovonlik tilab duo qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

430

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing