Mirziyoyev yana Turkmanistonga ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 22 avgust kuni tongda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, davlat rahbari “Avaza” milliy turizm zonasida bo‘lib o‘tadigan “Ozarbayjon – Turkmaniston – O‘zbekiston” formatidagi sammit tadbirlarida ishtirok etadi.

O‘zbekiston yetakchisi sammit doirasida ikki tomonlama muzokaralar ham o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga borishi xabar qilingan edi.

Qayd etish joiz, joriy yilning 5 avgust kuni ham “Avaza”da Shavkat Mirziyoyev, Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadovning uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi. Unda o‘zaro manfaatli mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalari ko‘rib chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Turkmaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing