Mirziyoyev Turkiyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Jamiyat

image

Anqara shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni "Turkiya Respublikasi nishoni" bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Turkiyaning oliy davlat mukofotini O‘zbekiston yetakchisiga Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an tantanali ravishda topshirdi.

"Bugun, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolangan kunda Turkiya Respublikasining bunday yuksak mukofotini olish men uchun katta sharafdir. Ushbu mukofot xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari, oliy darajadagi ishonchli muloqot hamda ikki tomonlama ko‘p qirrali munosabatlarning jadal rivojlanishining ramzidir", degan Mirziyoyev.

Ma’lumot uchun, Turkiya Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq mazkur oliy mukofot Turkiya bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan davlat arboblariga beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Turkiya Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing