Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan bugun, 5 iyun kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Anqara shahrida O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishini o‘tkazadi.

Tashrif dasturida ikki mamlakatning yetakchi korxonalari va kompaniyalari rahbarlari bilan birinchi qo‘shma uchrashuvda ishtirok etish ham ko‘zda tutilgan.

Tashrif arafasida Anqarada O‘zbekiston –Turkiya biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida davlat-xususiy sheriklik asosida taklif etilayotgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing