Mirziyoyev To‘qayevga tabrik yo‘lladi

Olam

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart To‘qayev nomiga mamlakat Mustaqilligi kuni munosabati bilan tabrik maktubini yo‘lladi. Bu haqda Oq o‘rda xabar berdi. 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jomart To‘qayev va butun Qozog‘iston xalqini tabriklab, mamlakatlar o‘rtasidagi qardoshlik rishtalarini alohida ta’kidlagan.

“O‘tgan davr mobaynida do‘st Qozog‘iston Respublikasi turli sohalarda ulkan o‘zgarishlar va tub islohotlarni boshidan kechirganini, mamlakatingizning xalqaro maydondagi hurmati va nufuzi tobora ortib borayotganini alohida ta’kidlamoqchiman”, deyiladi tabrikda.

Bundan tashqari, To‘qayevga Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, BAA hamda Indoneziya Prezidentlari ham tabrik yo‘llagan.

Ma’lumot uchun, 1991 yilda Qozog‘iston o‘z mustaqilligini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing