Mirziyoyev Szinpinga hamdardlik bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga mamlakatda yuz bergan zilzila yuzasidan hamdardlik yo‘lladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

“Xitoyning Gansu va Sinxay muzofotlarida zilzila oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi. Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar shifo topishini tiladi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, avvalroq Xitoy shimoli-g‘arbida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi. Ushbu yer silkinishi oqibatida 111 kishi halok bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Quvayt davlati valiahdi shayx Mish’al al-Ahmad al-Jobir as-Sabohga uning akasi, Kuvayt Amiri shayx Navof al-Ahmad al-Jobir as-Saboh vafot etgani munosabati bilan ta’ziya yo‘llagandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Si Tszin'pin zilzila \

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing