Mirziyoyev Trampni tabriklab, O‘zbekistonga taklif qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampni ushbu lavozimga rasmiy kirishgani munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

"Davlatimiz rahbari o‘z maktubida Donald Trampning yangi muddatdagi faoliyati davomida AQSHning xalqaro maydondagi nufuzi va obro‘-e’tibori, iqtisodiy qudrati va salohiyati, global miqyosdagi o‘rni va ahamiyati yanada ortishiga ishonch bildirdi", deydi Asadov.

Bildirilishicha, O‘zbekiston AQSHning mamlakat mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan siyosatini yuqori baholaydi va alohida qadrlaydi.

"Sizning birinchi Prezidentlik davringizda O‘zbekiston-AQSH o‘rtasida yangi davrdagi strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatilganini va ko‘p qirrali aloqalarimiz yuqori bosqichga ko‘tarilganini istar edim. Biz bundan keyin ham ikki va ko‘p tomonlama platformalar doirasida uzoq muddatli hamkorligimizni yanada rivojlantirishdan manfaatdormiz", deyiladi Prezident maktubida.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi. Qayd etish joiz, Mirziyoyev 2024 yil 6 noyabr kuni Donald Trampga prezident saylovida g‘alaba qozonib, ushbu lavozimga saylangani munosabati bilan yo‘llagan tabrigida ham uni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishini kutishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 yanvar kuni Donald Tramp prezidentlik qasamyodini qabul qildi va vazifasini bajarishga kirishdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing