Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 14 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston rahbari Imomali Rahmonning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturiga muvofiq Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishi va boshqa tadbirlarda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvi 14-15 sentyabr kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi, uning yakunlari bo‘yicha beshta hujjatdan iborat paket imzolanishi rejalashtirilgan. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning 14-15 sentyabr kunlari Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Shu kunlarda Orol dengizi havzasida ekologik inqirozni bartaraf etish va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash maqsadida 1993 yilda tashkil etilgan IFAS Kengashining majlisini o‘tkazish ham rejalashtirilgan. Tadbirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda. Avvalgi uchrashuvlar, 2018 yilda Qozog‘istonning Ostona shahrida, 2019 yilda O‘zbekistonning Toshkent shahrida, 2021 yilda Turkmanistonning Avaza shahrida va 2022 yilda Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida bo‘lib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Imomali Rahmon Markaziy Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing