Mirziyoyev Tojikistonga yetib bordi (video)

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 31 mart kuni amaliy tashrif bilan Xo‘jand shahriga yetib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Aeroportda davlat rahbarini Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon kutib oldi.

O‘zbekiston rahbarining tashrifi sharafiga davlat bayroqlari ko‘tarildi. Milliy kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etildi.

Bugun O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston Prezidentlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Kun tartibiga muvofiq, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnomani imzolash rejalashtirilgan.

Prezidentlar san’at ustalari ishtirokidagi qo‘shma konsertda ham ishtirok etadilar.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Tojikiston O'zbekiston Imomali Rahmon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing