Mirziyoyev Tojikiston va AQSHga boradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-15 sentyabr kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘ladi. Kelgusi haftada esa u Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahriga boradi. Bu haqda Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Tojikistonning Dushanbe shahrida 14-15 sentyabr kunlari Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi maslahat uchrashuvi hamda Orolni qutqarish Xalqaro jamg‘armasi sammiti bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbirda Shavkat Mirziyoyev ham qatnashadi.

Nyu-Yorkda esa O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh assambleyasining 78-sessiyasi umumsiyosiy munozaralarida nutq so‘zlaydi hamda "S5+1" formatidagi AQSH va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 avgust kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘llab, uni Nyu-Yorkda C5+1 formatidagi sammitga taklif qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Shavkat Mirziyoev Tojikiston N'yu-York

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing