Mirziyoyev ta’tildan qaytdi
Jamiyat
−
04 Oktabr 4079 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 4 oktyabr kuni qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev 29 sentyabrdan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqan edi. Uning ta’tili 5 kun davom etdi.
Ma’lumot uchun, Mirziyoyev birinchi mehnat ta’tiliga 2019 yil 5 avgustda chiqqan. 2021 yilda Prezidentning ta’tili 7 kun: 4 yanvardan 10 yanvargacha davom etgan. 2022 yilda esa Mirziyoyevning qisqa muddatli mehnat ta’tili 5 yanvardan 7 yanvargacha bo‘lgandi. Prezident 2023 yili 4 dekabrdan qisqa muddatli ta’tilga chiqqandi. Shavkat Mirziyoyev 2024 yilda 22-29 aprel kunlari va 26 iyuldan 5 avgustgacha qisqa muddatli mehnat ta’tilida bo‘lgan. Shu bilan birga, joriy yilning 6 yanvarida ham Prezident mehnat ta’tiliga chiqqandi.
Live
Barchasi