Mirziyoyev surishtiruv va tergov idoralari uchun professional kadrlar tayyorlashni buyurdi
Jamiyat
−
03 avgust 2022
6902Bugun, 3 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev surishtiruv va tergov organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha rejalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Matbuot xizmatiga ko‘ra, tegishli idoralar mutasaddilari tergov va dastlabki surishtiruvlarni olib borishdagi muammoli omillar, yangi paydo bo‘layotgan tahdid hamda jinoyat turlarini hisobga olgan holda tergovchi kadrlarning salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot bergan.
Xususan, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar, iqtisodiy jinoyatchilik hamda kibermakonda yoki axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilayotgan jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha faoliyatning metodik ta’minotini takomillashtirish muhimligi alohida qayd etilgan.
Davlat rahbari zamon talablari va xalqaro standartlar asosida surishtiruv va tergov idoralari uchun professional kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini uzluksiz oshirib borishning yangi samarali tizimini yaratish bo‘yicha topshiriqlar bergan.