Mirziyoyev sobiq prezidentlikka nomzodlarni taqdirladi
Jamiyat
−
28 avgust 2023
12105O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning 32 yilligi munosabati bilan bir guruh siyosat arboblari va iqtisodiyot sohasi vakillarini mukofotladi.
Taqdirlash haqidagi qaror 27 avgustda qabul qilingan bo‘lib, unda davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhi mukofotlanishi belgilangan.
Ular orasida prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘ygan siyosat vakillari ham bor. Xususan:
• Alisher Qodirov (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi) – “Mehnat shuhrati” ordeni bilan;
• Ulug‘bek Inoyatov ( O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Markaziy Kengashi raisi) – “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Shuningdek, qarorda “Shuhrat” medali bilan taqdirlashda 100 yoshdan oshgan soha vakillari alohida belgilangan.
Qarorga ko‘ra, 8 ta unvon, 5 ta orden va 4 turdagi medal sohaning bir qator vakillariga topshirildi. Ularning to‘liq ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun, “Mehnat shuhrati” ordeni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 barobari miqdorida, “Do‘stlik” ordeni uchun esa BHMning 30 barobari miqdorida pul mukofoti beriladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Mirziyoyev bir guruh madaniyat vakillarini ham orden, unvon va medallar bilan taqdirladi.
LiveBarchasi