Mirziyoyev Sirdaryoga poyezdda ketmoqda
Jamiyat
−
14 mart
10354Biroz avval, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 14 mart kuni sayxunobodliklarning yashash sharoitlari bilan tanishish uchun Sirdaryoga yo‘l olayotgani haqida xabar bergan edik. Davlat rahbari Sirdaryoga tashrifini “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdida amalga oshirmoqda.
Safarda unga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov hamrohlik qilmoqda. Davlat rahbari va muftiy o‘rtasida kechgan suhbatda diniy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi ishlar, muborak Ramazon oyining fazilatlari haqida so‘z borgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev muqaddas Ramazon oyini yuksak darajada o‘tkazish, mamlakatdagi tinchlikni qadrlash va mehr-oqibat muhitini mustahkamlash bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirgan. Inson qadrini ulug‘lash maqsadiga muvofiq, xalq manfaatlarini ta’minlash, muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash davom ettirilishini aytgan.
Ma’lumot uchun, odatda Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarga tashrifni samolyotda amalga oshirar edi. Prezidentning viloyatlarga poyezdda borishi birinchi marta kuzatilmoqda.
LiveBarchasi