Mirziyoyev Si Szinpinni tabrikladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga uning 70 yosh yubileyi munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

“Sizning bevosita rahbarligingizda do‘st Xitoy xalqi so‘nggi yillarda ulkan yutuq va olamshumul muvaffaqiyatlarga erishib kelmokda. Aholini kambag‘allikdan chiqarish, qashshoqlikka barham berish, o‘rtacha farovon jamiyat qurish jarayonlarini yakuniga yetkazishga qaratilgan keng miqyosdagi islohotlar samarali amalga oshirilmoqda”, deyiladi Mirziyoyevning maktubida.

Shuningdek, Mirziyoyev Si Szinpin e’tibori tufayli O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari har tomonlama mustahkamlanib, sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilib borayotganini urg‘ulagan.

“Yaqinda Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifim yakunlari hamda Sian shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo - Xitoy” birinchi sammiti doirasidagi sermazmun muzokaralarimiz natijalari har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shishi shubhasiz”, deyiladi maktubda. 

Mirziyoyev Si Szinpinni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etib, unga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, g‘oyatda mas’uliyatli va sharafli davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, Xitoy xalqiga esa bardavom tinchlik-omonlik, fayzu baraka va farovonlik tilagan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev yubiley Si Tszin'p

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made