Mirziyoyev SHHT nomidan xalqaro hamjamiyatga murojaat qildi
Jamiyat
−
16 Sentabr 2022
7611Shanxay hamkorlik tashkiloti dunyo hamjamiyatini Pokistonga yordam berishga chaqirdi. Bugun, 16 sentyabr kuni SHHTga a’zo Davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan tartibdagi majlisida raislik qilayotgan Shavkat Mirziyoyev shunday chaqiriq bilan chiqdi.
Shavkat Mirziyoyev xususan, SHHT mamlakatlari nomidan xalqaro hamjamiyatni Pokistondagi tabiiy ofatning keng ko‘lamli salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun ushbu mamlakatga imkon boricha gumanitar yordam ko‘rsatishga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, Pokistonda joriy yilning 14 iyunidan beri davom etgan musson yomg‘irlari oqibatida kuzatilayotgan toshqinlar qurbonlari soni 1396 kishiga yetdi.
Kuchli yomg‘irlar oqibatida 1 743 345 ta uy zarar ko‘rgan, shundan 568 817 tasi butunlay vayron bo‘lgan. 6674 kilometr yo‘l va 269 ko‘prik vayron bo‘lgan, 750 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi hayvonlari nobud bo‘lgan. Yomg‘irlardan 33,4 million kishi jabr ko‘rdi, 634 ming 749 kishi chodir lagerlariga joylashtirildi.
LiveBarchasi