Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
24 avgust 2023 9042 1 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyev islohotlarning joylardagi ijrosi, aholi hayoti bilan tanishish maqsadida Samarqandga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tashrif davomida ta’lim maskanlaridagi sharoitlar, yangi inshootlar, sanoat korxonalari va xizmat ko‘rsatish loyihalari ko‘zdan kechiriladi.
Shuningdek, mutasaddilar ishtirokida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Live
Barchasi