Kurs UZS

USD

12 920.44

5.44

EUR

14 252.54

295.3

RUB

153.52

-0.03

Mirziyoyev Putin bilan gaplashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bugun, 21 fevral kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, Rossiya Prezidentining o‘tgan yil may oyidagi O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni yetakchilar tomonidan tasdiqlangan "yo‘l xaritasi"ga muvofiq amalga oshirish natijalari ko‘rib chiqilgan.

“Turli darajalarda faol davom etayotgan samarali muloqot va almashinuvlar yuksak baholandi. Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikdagi asosiy ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atini ta’minlash, shuningdek, ikki mamlakat hududlarida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, gumanitar hamkorlik, eng avvalo, madaniyat, san’at, fan, ta’lim, shu jumladan muhandis kadrlarni tayyorlash, sog‘liqni saqlash va sport sohalarida kengayib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak tadbirlar rejasini muhokama qilgan.

Kreml matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, davlat rahbarlari barcha sohalarda faol rivojlanayotgan ikki tomonlama hamkorlikning ijobiy dinamikasidan mamnunlik bildirgan.

“Tovar ayirboshlash hajmi sezilarli darajada oshgani, energetika va sanoat kooperatsiyasi sohalarida yirik qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani, hududlar o‘rtasida samarali aloqalar o‘rnatilgani ta’kidlandi.

Rossiya-O‘zbekiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada har tomonlama mustahkamlash, ikki mamlakat hukumatlari, tegishli vazirlik va idoralari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni faollashtirishdan o‘zaro manfaatdorlik tasdiqlandi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 11 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Maksim Oreshkin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing