Mirziyoyev Pokiston xalqiga ta’ziya yo‘lladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida yuz bergan kuchli yog‘ingarchilik va suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Prezident Asif Ali Zardariy va Bosh vazir Shahboz Sharifga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Ma’lumot uchun, Pokiston shimolida kuchli yomg‘irlar sabab yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida 16 avgust holatiga ko‘ra, kamida 330 kishi halok bo‘ldi. Xayber-Paxtunxva hududida 307 kishi, Gilgit-Baltiston hududida 12 kishi va Ozod-Kashmir hududida 11 kishi vafot etgan. Qutqaruvchilar tog‘li hududlarda qolib ketgan 1300 turistni evakuatsiya qilgan. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 350 kishidan oshgan.

Toshqinlar Buner, Svat, Mansexra, Badjaur va Battagram kabi hududlarda uylar, korxonalar va infratuzilmaga jiddiy zarar yetkazdi. Xayber-Paxtunxva viloyatining bir qancha hududlari tabiiy ofat zonalari deb e’lon qilindi. Mamlakat shimolida kuchli yomg‘ir 21 avgustga qadar davom etishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston yog'ingarchilik Shahboz Sharif suv toshqinlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing