Mirziyoyev Ozarbayjon razvedkasi rahbarini qabul qildi
Jamiyat
−
17 Oktabr
4450O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 17 oktyabr kuni mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Ozarbayjon Respublikasi Tashqi razvedka xizmati rahbari Orxon Sultonovni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv avvalida Ozarbayjon idorasi boshlig‘i Shavkat Mirziyoyevga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
"O‘zbekiston-Ozarbayjon ittifoqchilik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi", deyiladi xabarda.
Suhbat davomida terrorizm, ekstremizm va radikalizm, kiberjinoyatchilik hamda xavfsizlikka tahdid solayotgan boshqa zamonaviy xavflarga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus xizmatlarning yaqin idoralararo hamkorligini mustahkamlash va samarali muvofiqlashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, Afg‘onistonning iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashishga qaratilgan amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev 12 sentyabr kuni Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan, Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya va Milliy razvedka xizmati direktori Ibrohim Qalindan iborat delegatsiyani qabul qilgandi.
LiveBarchasi