Mirziyoyev ortidan Imomali Rahmon ham islomofobiyani qoraladi
Olam
−
21 Sentabr 2023 6204 2 daqiqa
Tojikiston Qur’onni, shuningdek, boshqa har qanday muqaddas kitoblarni tahqirlovchi xatti-harakatlarni qoralaydi va bag‘rikenglikka chaqiradi. Bu haqda BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi umumiy siyosiy munozarada so‘zga chiqqan respublika Prezidenti Imomali Rahmon aytib o‘tdi.
“Tojikiston xalqlarning e’tiqodlari, jumladan Qur’oni Karim yoki insoniyatning boshqa sivilizatsiyaviy va diniy qadriyatlariga oid har qanday haqoratni qoralaydi”, deydi Prezident.
Uning ta’kidlashicha, dindorlarning his-tuyg‘ularini haqorat qilish, shuningdek, har qanday din va e’tiqodga nisbatan nafrat va zo‘ravonlik fojiali oqibatlarga olib keladi. Rahmon BMT minbaridan tinchlik g‘oyalarini ilgari surishga chaqirdi.
“Biz bag‘rikenglik va tinchlik g‘oyalarini targ‘ib qilish – ig‘vogarlik, bo‘linish, aqidaparastlik, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashishning eng yaxshi vositasi, deb hisoblaymiz. Kelinglar, bizni ajratadigan harakatlarga qarshi birlashaylik va o‘rniga bir-birimizning qadr-qimmatini hurmat qilish va e’tirof etish asosidagi jamiyatga intilaylik”, deydi Tojikiston rahbari.
Rahmon o‘z nutqini tojik va fors shoiri va mutafakkiri Sa’diy Sheroziy she’ridan misralar o‘qish bilan yakunladi.
Ma’lumot o‘rnida, musulmonlarning muqaddas kitobini yoqish va tahqirlash bilan bog‘liq norozilik namoyishlari yozda Shvetsiya va Daniyada bir necha bor bo‘lib o‘tdi. Xususan, 28 iyun kuni politsiya ruxsati bilan aksiya Stokgolm markazidagi maydonda o‘tkazildi. Ishtirokchilar Qur’onni yoqib yuborgan Islomga qarshi namoyishlar 25 iyul kuni Misr va Turkiyaning Kopengagendagi elchixonalarida ham bo‘lib o‘tdi. Keyinchalik, shunga o‘xshash harakatlar ushbu mamlakatlarda bir necha marta sodir bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 19 sentyabr kun7i Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zlagan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham dunyoning ayrim mamlakatlarida uchrayotgan diniy toqatsizlik va islomofobiya holatlarini qoralab, ularga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025