Mirziyoyev Olimpiada ishtirokchilariga omad tiladi

Sport

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ommaviy sport va Olimpiya harakatini kengaytirishga oid ishlar yuzasidan axborot berildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Hududlarda sport uchun sharoitlarni kengaytirish, seleksiya jarayonlarini raqamlashtirish, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish borasidagi ishlar ham qayd etildi.

Davlat rahbariga XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik bo‘yicha ham axborot berildi.

Nufuzli musobaqa 26 iyul – 11 avgust kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda 206 ta mamlakatdan 10 mingdan ortiq sportchi ishtirok etadi.

O‘zbekistondan 19 ta sport turi bo‘yicha jami 90 nafar sportchi qatnashadi. An’anaviy sport turlaridan tashqari bu yil ilk bor futbol, suvga sakrash, kamondan otish, ayollar kurashi bo‘yicha ham yo‘llanmalar olingan. Bu yilgi o‘zbekistonlik olimpiyachilarning 36 foizini xotin-qizlar tashkil etmoqda.

Davlat rahbari Olimpiya o‘yinlarida sportchilarga muvaffaqiyat tiladi. Mutasaddilarga iqtidorli yoshlarni tanlash va qo‘llab-quvvatlash, milliy terma jamoalar uchun sifatli zaxira shakllantirib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Parij Olimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made