Mirziyoyev Nazarboyevning koronavirusga chalingani haqidagi xabarni katta xavotir bilan qabul qilgan

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevga maktub yo‘lladi. Mirziyoyev o‘z maktubida koronavirus infeksiyasiga chalingan Nazarboyevga mustahkam sog‘lik tilagan. 

“Sizning koronavirus kasalligiga chalinganingiz to‘g‘risidagi xabarni chuqur bezovtalik va katta xavotir bilan qabul qildim.

Hayotingizdagi ushbu sinovli va murakkab paytlarda biz uchun hamisha cheksiz ehtiromga sazovor bo‘lib kelgan Siz, aziz og‘amni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligimni va yaqin ko‘makdosh ekanligimni yana bir bor chin qalbdan ma’lum etmoqchiman.

Hech shubhasiz, qisqa fursatlarda mazkur virusni muvaffaqiyatli yengib o‘tib, shifo topishingizga va tuzalib ketishingizga ishonchim komildir.

Qadrli Nursulton Abishevich, Sizga, Qodir Allohdan mustahkam sihat-salomatlik, kuch-quvvat, uzoq umr va yangi zafarlar ato qilishini so‘rab qolaman.

Tez orada Siz bilan diydor ko‘rishish baxtiga muyassarlik nasib etishiga umid qilaman”, deb yozadi Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekov ham Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qilib, unga sog‘lik tilagan edi. 

Ma’lumot o‘rnida, Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev o‘rtasidagi so‘nggi uchrashuv 2019 yilning 29 noyabr kuni Toshkentda o‘tkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida bo‘lib o‘tgan edi. Shundan so‘ng ular o‘rtasida bir necha bor telefon orqali muloqot o‘tkazildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Nursulton Nazarboev

Baholaganlar

386

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing