Mirziyoyev Namangandagi aeroportni ko‘zdan kechirdi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji va aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida bugun, 16 sentyabr kuni Namangan viloyatiga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari samolyotdan tushishi bilanoq aeroportni ko‘zdan kechirgan.

Ushbu aeroprtda 140 million dollar investitsiya hisobiga yangi terminallar barpo etilmoqda. Davlat rahbarining viloyatga o‘tgan yilgi tashrifi chog‘ida ushbu loyiha taqdimot qilingan edi. Qolaversa, ushbu aeroportda ulkan yuk terminali qurilmoqda. U kuniga 50 tonna yuk tashish va 90 ta mamlakatga eksport qilish imkonini beradi. Qayd etilishicha, bu orqali vodiyda yagona kargo tizimi yaratiladi. Hududning biznes, eksport va tranzit salohiyati oshadi. 

Aeroportda maxsus servis texnikalari ham yangilanishi ko‘zda tutilgan. Bu turli hajmdagi samolyotlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Shuningdek, keytering, yonilg‘i quyish majmuasi va boshqa xo‘jalik binolari quriladi. Yangi terminallar kelgusi yil ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.

Davlat rahbari aeroport atrofidagi infratuzilmani unga mutanosib rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan. Dunyoning ilg‘or tajribasidagi kabi, aeroport atrofida mehmonxonalar, savdo va ko‘ngilochar majmualar, barcha zamonaviy xizmatlar bo‘lishi zarurligi ta’kidlangan. Avtoturargoh va servis ob’ektlari tashkil etib, mehmonlar uchun qulayliklarni kengaytirish vazifasi qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev so‘nggi bor ushbu viloyatga 2024 yilning 25 mart kuni tashrif buyurgandi. Tashrif davomida Mirziyoyev Namanganda mavjud salohiyat to‘liq ishga solinmayotgani uchun mas’ul komplekslar va viloyat rahbarlarini tanqid qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Namangan aeroprt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing