Mirziyoyev Moskvadagi Noma’lum askar qabriga gul qo‘ydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrif dasturining ikkinchi kunida Moskva shahrining Aleksandr bog‘idagi Noma’lum askar qabriga gul qo‘ydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Kreml devorlari yonida joylashgan ushbu yodgorlik Ikkinchi jahon urushida Vatan himoyasida mardlarcha jang qilgan va halok bo‘lgan millionlab askarlar xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan, ajdodlarimiz jasorati va matonati ramzidir”, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Prezidenti yodgorlikka gulchambar qo‘yib, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar xotirasiga hurmat bajo keltirgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga safarini Tataristondan boshlagandi. U Qozon shahridagi “Kazan Ekspo” markazida ochilgan Tatariston sanoat salohiyati ko‘rgazmasiga borgan, Rossiya Hukumati Raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va Tatariston Raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashuvlar o‘tkazgan hamda Qozonning eng qadimgi qismi – UNESCO'ning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Qozondagi Kremlga borib, Qul Sharif masjidida bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shavkat Mirziyoev Moskva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing