Mirziyoyev misrlik tadbirkor bilan 1,2 mlrd dollarlik loyihalarni muhokama qildi

Jamiyat

photo_2023-05-29_18-49-11

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 may kuni Misrning “Orascom Investment Holding” kompaniyasi raisi Najib Savirisni qabul qildi.

Uchrashuvda kompaniyaning O‘zbekistonda qo‘shma “yo‘l xaritasi” doirasida qiymati 1,2 milliard dollardan ziyod bo‘lgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi rejalari ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, tomonlar oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish va metall konlarini o‘zlashtirish, zamonaviy mehmonxona majmualarini barpo etish va boshqarish, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20-21 fevral kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Misrga borgan va u yerda mamlakat yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Misr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing