Mirziyoyev Meloni bilan uchrashish uchun Samarqandga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 28 may kuni Samarqand shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumki, 28-29 may kunlari Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorjiya Meloni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Samarqandda bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston-Italiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Meloni avvaliga 25-27 aprel kunlari Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan sammitda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga, keyin esa Qozog‘istonga borishni rejalashtirgan edi. Biroq 21 aprel kuni Rim papasi Fransiskning vafoti va undan keyingi motam tadbirlari tufayli tashriflar qoldirildi

30 may kuni esa Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari va Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni ishtirokidagi birinchi sammit bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Samarqand O'zbekiston Italiya Jorjiya Meloni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing