Mirziyoyev mehnat ta’tilidan qaytdi
Jamiyat
−
05 avgust
4491O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
“Joriy haftada davlatimiz rahbari huzurida ijtimoiy-iqtisodiy kun tartibidagi muhim masalalar yuzasidan yig‘ilishlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan”, deydi Asadov.
Shuningdek, hafta davomida Prezident davlat tashrifi bilan Qozog‘iston Respublikasida bo‘lishi, Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida hamda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatidagi sammitda ishtirok etishi rejalashtirilgan. Hafta yakunida Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Mirziyoyev birinchi mehnat ta’tiliga 2019 yil 5 avgustda chiqqan. 2021 yilda Prezidentning ta’tili 7 kun – 4 yanvardan 10 yanvargacha davom etgan. 2022 yilda esa Mirziyoyevning qisqa muddatli mehnat ta’tili 5 yanvardan 7 yanvargacha bo‘lgandi. Prezident o‘tgan yili 4 dekabrdan qisqa muddatli ta’tilga chiqqandi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2024 yil 26 iyuldan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqandi.
LiveBarchasi