Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri bilan gaplashdi
Jamiyat
−
15 iyul
3329Bugun, 15 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari, shu jumladan Malayziya Bosh vazirining joriy yil may oyida O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarning bajarilishi ko‘rib chiqilgan.
“29 may kuni Putrajaya shahrida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi samarali o‘tkazildi. O‘zbekiston-Malayziya ishbilarmonlar kengashi tuzildi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, sanoat, “yashil” energetika, neft-kimyo, elektrotexnika va boshqa tarmoqlarda yetakchi kompaniyalarning kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratilgan. Gumanitar almashinuv va ziyorat turizmi bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirish chora-tadbirlari muhokama qilingan.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ko‘rib chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, 9 iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kuala-Lumpurda Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim qabulida bo‘lgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr