Mirziyoyev Myanma rahbariga hamdardlik bildirdi
Jamiyat
−
29 mart
1880Bugun, 29 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Myanmada yuz bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohatlangani, jiddiy talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan Myanma Ittifoqi Respublikasi Davlat Kengashi Raisi general Min Aun Hlaingga hamdardlik maktubi yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekistonning Bangkok shahridagi (Tailand) Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari ushbu og‘ir va musibatli damlarda halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, Myanma xalqiga chuqur hamdardlik bildirgan.
Myanmadagi zilzila
28 mart kuni ertalab Myanma hududida 7,4 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Myanmadagi zilzila oqibatida Iravadi daryosi ustidagi ko‘prik qulab tushdi, Mandalay tarixiy saroyi qisman vayron bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Myanmadagi zilzila oqibatida 1600 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.
Silkinishlar Xitoy, Tailand va Vetnamda ham sezilgan. Bangkokda qurilayotgan bino qulab tushgan, 10 kishi halok bo‘lgani va kamida 50 kishi jarohatlangani ma’lum. Tailand hukumati mamlakat poytaxtida favqulodda holat rejimini e’lon qilgan.
LiveBarchasi