Mirziyoyev Lyublyanada tantanali kutib olindi

Jamiyat

image

Bugun, 22 may kuni Lyublyanadagi Kongress maydonida Sloveniya Respublikasiga rasmiy tashrif bilan borgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyevni Sloveniya Prezidenti Natasha Pirs Musar samimiy kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saflandi. Harbiy orkestr O‘zbekiston va Sloveniya davlat madhiyalarini ijro etdi.

Ikki mamlakat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolari bilan salomlashdi.

Rasmiy marosimdan so‘ng "Zvezda" bog‘ida urush qurbonlari xotirasiga hurmat hamda tinchlik va insonparvarlik g‘oyalariga sadoqat ramzi sifatida Barcha urushlar qurbonlari yodgorligiga gul qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, 19 may kuni Mirziyoyev Vengriyaga bordi. 20 may kuni Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazdi, Milliy Majlis spikeri Laslo Kyover, Vengriyaning yetakchi bank va kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Kecha, 21 may kuni O‘zbekiston yetakchisi Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etib, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing