Mirziyoyev kichik Berdimuhamedovni aeroportda kuzatib qo‘ydi

Jamiyat

image

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi yakuniga yetdi. 

Kecha davlat rahbarlari "Ko‘ksaroy" qarorgohida samarali muzokaralar o‘tkazib, ularda ko‘p qirrali hamkorlikning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldilar. Bugun Samarqandning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatining qayd etishicha, Serdar Berdimuhamedovning O‘zbekistonga davlat tashrifi kun tartibining kengligi va erishilgan kelishuvlarning ahamiyatiga ko‘ra ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa ochgan muhim voqea bo‘ldi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ygan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Serdar Berdimuhamedov

Baholaganlar

184

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing