Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 3 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Ostona shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif davomida SHHT doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilinadi. Prezident xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev 3-4 iyul kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘lishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Shavkat Mirziyoev ShHT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing