Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga safar qilishni rejalashtiryapti
Jamiyat
−
29 yanvar 2020
4717O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Berlindagi xalqaro konferensiya doirasida Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi bilan uchrashdi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Unda 2019 yilning 29 noyabrida Toshkentda tashkil etilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuvi yakunlari yuqori baholandi, tomonlar sammitda qabul qilingan mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirishga qaratilgan qarorlarni amaliyotga tatbiq etish masalalarini muhokama qilishgan.
“Tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik va do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini ta’kidlashdi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga rejalashtirilgan tashrifi muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Vazirlar 3 fevral kuni Toshkentda o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari va AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo ishtirokidagi “Markaziy Osiyo — AQSH2 formatidagi vazirlar uchrashuviga (“C5 + 1”) oid hamda boshqa ikki tomonlama va xalqaro kun tartibidagi boshqa masalalarni ham muhokama qilishgan.
LiveBarchasi