Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda 1-4 sinf o‘quvchilarini bepul tushlik bilan ta’minlashga va’da berdi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘istonda kelgusi yildan boshlab, 1-4 boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul tushlik berish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zLiDepdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda tashviqot vaqtida aytib o‘tdi.

Qayd etilishicha, buning uchun byudjetdan yiliga 100 milliard so‘m ajratiladi.

Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, kelgusi besh yilda oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 50 foizga yetkaziladi (hozir 26 foiz). Buning uchun, Qoraqalpog‘istonda mamlakatimizdagi 5 ta nufuzli oliygoh va xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etiladi.

Talabalarni turar-joy bilan ta’minlash maqsadida, qo‘shimcha 6 ming o‘rinli yangi yotoqxonalar qurib bitkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing