Mirziyoyev Qatar Amiriga tabrik yo‘lladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar davlatining milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan Amir shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga tabrik yo‘lladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Maktubda O‘zbekiston va Qatar xalqlarini o‘zaro bog‘lab turuvchi tarixiy-madaniy rishtalar bugungi kunda keng ko‘lamli va uzoq muddatli aloqalarning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilayotgani katta mamnuniyat bilan ta’kidlangan.

"O‘rtamizda qaror topgan samimiy va do‘stona munosabatlar, sermahsul muloqotlarimizning tobora faollashib borayotgani, ko‘plab ustuvor sohalarda erishilgan muhim kelishuvlar natijasida so‘nggi paytlarda hamkorligimiz salohiyat va imkoniyatlarimizga mos bo‘lgan yuqori darajaga ko‘tarildi", deyiladi qutlovda.

Shuningdek, davlat rahbari Qatar yetakchisiga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida yangi zafarlar, do‘st Qatar xalqiga esa tinchlik-omonlik, bardavom taraqqiyot va farovonlik tilagan.

Eslatib o‘tamiz, 16 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart To‘qayevga mamlakat Mustaqilligi kuni munosabati bilan tabrik maktubini yo‘lladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Qatar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing