Mirziyoyev Imomali Rahmonni tavallud kuni bilan qutladi
Olam
−
05 Oktabr
3515Bugun, 5 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tojikistonlik mavqedoshi Imomali Rahmonni tavallud kuni bilan qutlab, tabrik maktubi yo‘lladi.
“Sizni tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklashdan va eng ezgu tilaklarimni yo‘llashdan xursandman. Sizni o‘z xalqining hurmati va e’tirofiga sazovor bo‘lgan, davlat mustaqilligini ta’minlagan, mamlakatingiz iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga, xalq farovonligini yuksaltirishga, shuningdek, Tojikistonning xalqaro maydondagi nufuzi va obro‘sini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shgan buyuk davlat arbobi, tajribali siyosatchi sifatida bilamiz”, deyiladi Mirziyoyevning maktubida.
O‘zbekiston rahbari Tojikiston yetakchisiga sog‘lik, oilaviy baxt va mas’uliyatli faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, qardosh Tojikiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, barqarorlik va izchil taraqqiyot tiladi.
Imomali Rahmon 1952 yil 5 oktyabrda Tojikistonning Xatlon viloyati Dang‘ara shahrida tug‘ilgan. Bugun 72 yoshni qarshilagan siyosatchi 1994 yildan buyon Tojikiston Prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda.
LiveBarchasi