Mirziyoyev Imomali Rahmon bilan uchrashdi (foto)

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilingan.

Shuningdek, oliy darajadagi kelishuvlar ijrosining amaliy jihatlariga, eng avvalo, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Bundan tashqari, uchrashuvda davlat rahbarlari Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammiti kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan fikr almashgan. Mintaqaviy hamkorlikning boshqa jihatlari ham ko‘rib chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Imomali Rahmon Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing