Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibini qabul qildi
Jamiyat
−
24 yanvar 2023 3765 1 daqiqa
Bugun, 24 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Xusrav Noziriyni qabul qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda savdo, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, energetika, turizm va boshqa yo‘nalishlarda ilgari surilgan tashabbuslar va o‘tkazilgan tadbirlar Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasidagi amaliy hamkorlikka kuchli sur’at bag‘ishlagani ta’kidlangan.

Shuningdek, uchrashuvda mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilingan.
“Keyingi yillarda O‘zbekistonning Tashkilotga a’zo mamlakatlar bilan tovar ayirboshlashi 70 foizga o‘sgani, qo‘shma korxona va loyihalar soni esa 5 barobarga ko‘paygani qayd etildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li hamda Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qilgani haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust