Mirziyoyev Guandun muzofoti partiya qo‘mitasi kotibi bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Pekin shahridagi tadbirlar dasturi yakunlangach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga kecha, 24 yanvar kuni Guandun muzofotidagi Shenchjen shahriga yetib borgan edi. Bugun, 25 yanvarda esa muzofot partiya qo‘mitasi kotibi Xuan Kunmin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda Guandun muzofoti bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni, eng avvalo, yuqori texnologik tarmoqlarda kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqilgan.

Sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, shu jumladan Guandunning yetakchi kompaniyalari uchun O‘zbekiston hududlarida ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik parklar tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Shuningdek, gumanitar aloqalar va ishbilarmonlik almashinuvlarini faollashtirish maqsadida IT ta’lim sohasida hamkorlik qilish va to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga safarining ikkinchi kunida O‘zbekiston-Xitoy investitsiya forumida ishtirok etishi, XXR yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Guandun Xitoyning eng rivojlangan hududlaridan bo‘lib, mamlakat yalpi ichki mahsulotining qariyb 10 foizini shakllantiradi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchilik qiladi. Muzofot O‘zbekiston hududlarining eng yirik iqtisodiy sherigidir.

Shenchjen shahri esa Xitoyning aholi soni bo‘yicha uchinchi shahri hamda Guandun muzofotidagi maxsus iqtisodiy hududdir. Texnologiyalar, tadqiqotlar, ishlab chiqarish, biznes va iqtisodiyot, turizm va transport borasida global markazlardan biri, konteynerli yuklar bilan ishlash quvvati bo‘yicha dunyodagi to‘rtinchi dengiz portidir.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing