Mirziyoyev G‘alabaning 75 yilligi marosimida ishtirok etish uchun Rossiyaga boradi
Jamiyat
−
27 dekabr 2019
81062020 yilning 9 may kuni Rossiyada Ikkinchi jahon urushi yakunlangani va g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan sobiq ittifoq mamlakatlari davlat rahbarlari ishtirokida yirik rasmiy marosim tashkil etiladi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne’matov RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, Federatsiya rahbari Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga ushbu marosimda ishtirok etish uchun taklifnoma yuborgan.
"Prezidentimizdan minnatdormiz. O‘zbekistonning Ikkinchi jahon urushi natijalariga qarashlari o‘zgardi. Agar ilgari yodgorliklar boshqa joyga ko‘chirilgan bo‘lsa, hozir Ulug‘ Vatan urushi G‘alabasining 75 yilligini nishonlashga juda ko‘p tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Uch yildan buyon biz 9 mayni juda keng nishonlayapmiz. Ayni vaqtda shahar markazida juda katta G‘alaba bog‘ini quryapmiz.
Tabiiyki, bu kun O‘zbekistonda ham nishonlanadi. Vladimir Vladimirovich Putin taklifnoma yuborganidan xabarim bor. Hamma davlatlar rahbarlari Rossiyaga to‘planadi. Menimcha, Prezidentimiz ham 9 may kuni Rossiyaga boradilar. Taklifnoma yuborilgan va Prezidentimiz uni qabul qilgan", deydi Ilhom Ne’matov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yilning fevral oyida rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘lishini xabar qilgan edik.
LiveBarchasi