Mirziyoyev farmatsevtika sohasini moliyalashtirishni Asaka bankka topshirdi 

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kecha, 18 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida farmatsevtika sanoatidagi loyihalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda Asaka bankka farmatsevtika sohasidagi loyihalarning 25 foizgacha qismiga o‘z ulushi bilan kirib, investor sifatida ishtirok etish topshirildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. 

Mahalliylashtirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish va aylanma mablag‘ bilan ta’minlashga 300 million dollar uzoq muddatli kredit resurslari jalb qilinishi aytildi. Bank huzurida farmatsevtika loyihalari markazi ochilib, tadbirkorlarga yordam ko‘rsatish belgilandi. 

Shuningdek, kam quvvatda ishlayotgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash hisobiga, 400 turdagi yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish va 670 million dollarlik import o‘rnini qoplash mumkinligi aytildi. Buning uchun korxonalarga 18 oygacha muddatda 1 million dollargacha “revolver” kredit, eksportchilarga tushum sug‘urtasini garovga olgan holda 2 million dollargacha kredit beriladigan bo‘ldi.

Bundan tashqari, onkologiya va onkogematologiya uchun zarur bo‘lgan dori vositalari va moddalarni xorij texnologiyasi asosida mamlakatda ishlab chiqarish imkoniyati ko‘rsatib o‘tildi. Sohadagi ko‘plab korxonalarni GMP sertifikati talablariga moslashtirish vazifasi qo‘yildi.
Toshkent farmatsevtika klasteridagi loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev farmatsevtika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing