Mirziyoyev ertaga Yevropaga jo‘nab ketadi
Jamiyat
−
27 Sentabr 2023
10731O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan 28-30 sentyabr kunlari amaliy tashrif bilan Berlinga boradi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyev tashrif davomida Olaf Shols va Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi, shuningdek, Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlarining uchrashuvlari rejalashtirilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston yetakchisi Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi tomonidan tashkil etiladigan ishbilarmonlik tadbirlarida ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Kun tartibidan O‘zbekiston Prezidentining joriy yil may oyidagi Germaniyaga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan investitsiyaviy, innovatsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 sentyabr kuni Berlinda Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari va Germaniya kanslerining birinchi sammiti bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi