Mirziyoyev ertaga Turkmanistonga boradi
Jamiyat
−
21 avgust 4798 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan ertaga, 22 avgust kuni “Ozarbayjon - Turkmaniston - O‘zbekiston” formatidagi uch tomonlama sammitda ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, “Avaza” milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadigan tadbir kun tartibiga muvofiq, ko‘p tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika va gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Qator qo‘shma hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston rahbari sammit doirasida ikki tomonlama muzokaralar ham o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, 5 avgust kuni ham “Avaza”da Shavkat Mirziyoyev, Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadovning uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr