Mirziyoyev ertaga SHHT sammitida qatnashadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan ertaga, 4 iyul kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining videoanjuman shaklida o‘tadigan navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Aytilishicha, sammit kun tartibiga muvofiq, SHHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash, tashkilot faoliyatini kengaytirish va takomillashtirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

Uchrashuv yakunida SHHT davlatlari rahbarlari tomonidan iqtisodiy hamkorlik, raqamli transformatsiya, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, madaniy-gumanitar soha va boshqa ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha bir qator qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov mazkur sammitda Eronning Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga to‘liq miqyosda qabul qilinishini va Belarusning SHHTga a’zo bo‘lish majburiyati to‘g‘risidagi memorandum imzolanishi rejalashtirilganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston ShHT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made