Mirziyoyev ertaga Moskvaga boradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 8-9 may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 20 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari 9 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etishini ma’lum qilgandi.  Paradda Xitoy Raisi Si Szinpin, Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro, Yevropa Ittifoqi davlatlaridan birining yetakchisi – Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso va boshqalar ishtirok etishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shavkat Mirziyoev O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing