Mirziyoyev ertaga Qozog‘istonga boradi
Jamiyat
−
16 Sentabr
5403O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan ertaga, 17 sentyabr kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya yetakchilarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, sammitda mintaqa mamlakatlarining Germaniya bilan ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.
Savdo-iqtisodiyot, investitsiya, texnologiyalar, transport-kommunikatsiya va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan qo‘shma uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, “Markaziy Osiyo – Germaniya" formatidagi birinchi sammit o‘tgan yilning 29 sentyabr kuni Berlin shahrida o‘tkazilgan edi.
LiveBarchasi