Mirziyoyev Eronga yetib bordi
Jamiyat
−
18 iyun 2023
10505O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Tehron shahriga yetib bordi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, ”Mehrobod” xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbarining tashrifi munosabati bilan ikki davlat bayroqlari ko‘tarilgan va faxriy qorovul saf tortgan.
Shavkat Mirziyoyevni Eron sanoat, konchilik va savdo vaziri Abbos Aliobodiy va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 18 iyun kuni Eron poytaxti Tehronda Shavkat Mirziyoyev Prezident Ibrohim Raisiy va Oliy diniy rahbar oyatulloh Sayid Ali Xomaneiy bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
LiveBarchasi