Mirziyoyev Eronga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
18 iyun 2023
5008O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 18 iyun kuni Eron poytaxti Tehronda Shavkat Mirziyoyev Prezident Ibrohim Raisiy va Oliy diniy rahbar oyatulloh Sayid Ali Xomaneiy bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralarda mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni va ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
LiveBarchasi